ONASI TENGI HAYDOVCHI AYOLGA ZO‘RAVONLIK QILGAN TALONCHI QO‘LGA OLINDI

Mar 06 2018
(0) Comments

2018 yil 3 mart kuni soat 19.30 da Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi, uy bekasi 1967 yilda tug‘ilgan B.I. o‘zi boshqaruvidagi «MATIZ» rusumli avtomashinasiga «Qo‘yliq» dexqon bozori yonidan O‘rtachirchiq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 1989 yilda tug‘ilgan B.B. yo‘lovchi sifatida o‘tirib, O‘rtachirchiq tumani Saidovul mahallasidan o‘tgan «SHolikor-Saidovul» avtomobil yo‘lining ichki yo‘lida hech kim yashamaydigan eriga etganida avtomashinani to‘xtatishini so‘rab, unga tegishli bo‘lgan 50 ming so‘m pul, «Filips» rusumli uyali telefon va avtomobil pultini qo‘rqitish yo‘li bilan olib qo‘yib, voqea joyidan yashiringan. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida B.B. ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

O‘rtachirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Boychaevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.