TADBIRKORDAN TOVLAMACHILIK QILIB PUL UNDIRMOQCHI BO‘LGANLAR USHLANDI

Mar 06 2018
(0) Comments

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikda Yuqorichirchiq tumanida joylashgan «STANDART FOOD SALES» xususiy korxonasining rahbari 1981 yilda tug‘ilgan S.N.ning tadbirkorlik huquqlarini himoyasiga oid arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tadbir davomida aniqlanishicha, «Z.» va «N.» ismli shaxslar unga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida sun’iy ravishda janjal ko‘tarib, savdo do‘konidan xarid qilingan mahsulotlar uchun xarid cheki bermaganligi hamda moddiy va ma’naviy zarar undirish maqsadida Yuqorichirchiq tuman DSIga borib, ariza yozish bilan qo‘rqitib, evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 10 million so‘m miqdorida pul talab qilganlar.

O‘tkazilgan tadbirda Parkent tumanida yashovchi muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan, uy bekasi, 1975 yilda tug‘ilgan G.R. va Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan, uy bekasi, 1960 yilda tug‘ilgan N.E.lar S.Ndan ushbu so‘ralgan pullarni 1.5 million so‘m miqdorida pul olishga kelishib, Yuqorichirchiq tuman DSI binosi yonida ushbu pul mablag‘larini olishgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.